AQŞning United Airlines rahbari Oskar Munos yölovçilarning reyslardan olinişi bilan boğliq mojarolar sababli 2018 yilda xizmat pillapoyasi böylab kötarilmaydi va direktorlar kengaşini boşqarmaydi. 2017 yil Munos uçun öz lavozimidagi oxirgi yil böladi. Şunday tuzatişlar uning mehnat şartnomasiga kiritildi. Bu haqda aviakompaniya tegişli bölgan United Continental xoldingi bayonotiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. 

Şuningdek, kompaniya Munosga 2017 yil natijalariga köra beriladigan bonuslar miqdorini ham qayta körib çiqadi. Munos 2016 yilda 18,72 mln dollar işlab topgandi. "United Airlines boşqaruvi va direktorlar kengaşi yaqinda bölib ötgan voqealarni jiddiy qabul qildi va hozir mukofotlaşlar dasturiga tuzatiş tayyorlamoqda. Dastur 2017 yilda aviakompaniya xodimlarini rağbatlantiriş çoralari mijozlarga xizmat körsatişni yaxşilaş bilan bevosita va aniq boğliq bölişiga qaratilgan", deyildi bayonotda. 

Eslatib ötamiz, 9 aprelda Çikagodan Luisvillga 3411-reysi jönatilişi oldidan United Airlines xavfsizlik xodimlari yölovçilarga ulardan 4 nafari samolyotni tark etişlariga töğri kelişini, çunki samolyotga ortiqça çiptalar sotilganini aytişgan. Samolyotni köngilli tarzda tark etişni istaganlarga tovon puli taklif qilingan. Biroq samolyotni tark etişni istovçilar topilmagandan keyin aviakompaniya xodimlari özlari 4 nafar yölovçini tanlab olişgan. Ulardan 3 nafari samolyotni tark etişga rozi bölgan, biroq yana bir "ortiqça yölovçi", 69 yoşli şifokor bunga rozi bölmagan. Şunda aviakompaniya xodimlari kuç işlatib, uni samolyotdan tuşirib yuborişgan. Buning oqibatida xitoy millatiga mansub keksa erkakka jarohat yetkazilgan.   

Uşbu voqeadan bir hafta ötgaç, Kosta-Rikaga öz nikohini nişonlangani ketayotgan juftlik ham uşbu aviakompaniya samolyotidan tuşirib yuborilgan. Bunga esa Maykl Xol va uning qalliği Amber Maksvel samolyotdagi öz örindiqlaridan boşqa böş örindiqlarga ötirişgani sabab bölgan. Aniqlanişiça, ular ötirgan örindiqlar şinamroq bölgani sababli qimmatroq bölgan. Oqibatdaa juftlik samolyotdan tuşirib yuborilgan.