“Samarqandşahargaz” filiali xodimi Ismoil Ziyodullayevga qarata ov miltiğidan öq otilganligi haqidagi xabar köhna şaharda turli miş-mişlarga sabab bölmoqda. Ustiga ustak xorijiy saytlarda 19 aprel kuni e'lon qilingan maqoladagi qator noaniqliklar uşbu voqea atrofidagi gap-sözlarni yanada çigillaştirdi. Xöş, özi voqea qanday sodir bölgan edi?
Bunga aniqlik kiritiş maqsadida öşa hodisa iştirokçilari va guvohlari bilan suhbatlaşdim, öq uzgan pensioner xonadonida böldim, u yaşab kelayotgan mahalla faollari bilan uçraşdim.
Dastlab xorijiy saytlarda çiqqan "Samarqandlik pensioner gaz qarzini sörab kelgan mulozimga öq uzdi” maqolasida yöl qöyilgan ayrim noaniqliklar haqida söz yuritsak.
Voqea maqolada aytilganidek 13 aprelda emas, 12 aprelda sodir bölgan. Pensioner Ahmad akaning yoşi 62da emas, iyun oyida u 61ga kiradi. Uning öğli Akbar Kozimov maqolada yana bir qança xatoliklar mavjudligiga diqqatimizni tortdi. Jumladan, u otasining IIV akademiyasida öqiganligi, militsiyada işlab, u yerdan quvilganligi haqida maqolada keltirilgan da'volar haqiqatga yaqin emasligini ta'kidladi. Akbarning sözlariga qaraganda, otasi içki işlar tizimiga umuman yaqinlaşmagan. “Dadam avvallari qassobçilik bilan şuğullangan, söngra köp yillar davomida Jomboy don mahsulotlari kombinatida işlab, şu yerdan pensiyaga çiqqan”, – deydi u.
Mahalla posboni Muhammadali Soliyevning fikriça, xorij saytiga axborot bergan şaxs adaşgan bölsa kerak. “Qöşni mahallada xuddi Akbarning otasining ismi va familiyasiga öxşaş sobiq militsiya xodimi yaşaydi. U kişi hozir pensiyada. Balki şu kişi bilan adaştirgandir”, – dedi mahalla posboni.
Endi sodir bölgan noxuş voqeaning özi haqida söz yuritaylik. 12 aprelda “Samarqandşahargaz” filialining pensioner yaşayotgan hududdagi rahbari Ismoil Ziyodullayev hamda nazoratçilar Şamsiddin Mansurov va Xurşid Meliyevlar Yuqori Xöja Soat mahallasida bölib, Ahmad akaning xonadoni va novvoyxonasidagi gaz iste'molini tekşirmoqçi bölişadi. Xonadonidagi gaz hisoblaş asbobi böyiça uning 248 ming söm qarzi borligi aniqlanadi. Bundan avvalroq, ötgan yilning dekabr oyida xonadon sohibi 1 million 700 ming söm tölagan ekan. U aniqlangan qarz summasini ham tezda tölaşga va'da bergan.
Şundan söng tekşiruvçilar novvoyxonadagi holat bilan tanişiş maqsadida u yerda örnatilgan gaz hisoblaş asbobini közdan keçirişadi. Bir oy oldin örnatilgan elektron gaz hisoblaş asbobi 8 ming m3 miqdorida gaz iste'mol qilinganligini körsatgan. Bir oyda şunça gaz sarf qilingan bölsa, undan oldingi davrlarda qança iste'mol qilingan va qança pul tölanganligini aniqlaş maqsadida I.Ziyodullayev eski gaz hisoblaş asbobi va tölov hujjatlarini körsatişni söraydi. Şunda xonadon sohibi “nimani körasan”, deb hudud rahbarining böyniga urib, yugurganiça uyiga kirib ketadi. Birozdan söng u ov miltiğini olib çiqib, I.Ziyodullayevga öqtalib, tepkini bosadi. Öq uning iş kiyimini teşib ötib ketadi. Jahl otiga minib olgan pensioner ikkinçi marta tepkini bosayotganida Mansurov va Meliyev miltiqqa taşlanib, uning uçini baland kötarişadi va miltiq osmonga qarab otiladi.
















