KXDR Vonsan şahri porti joylaşgan hududda yirik artilleriya maşğulotlarini ötkazdi. Bu haqda hukumatdagi manbasiga asoslanib Yonhap agentligi xabar bergan.

Agentlik xabariga köra, şu orqali armiya taşkil etilganining 85 yilligi nişonlangan. Maşğulotlarni mamlakat rahbari Kim Çen In kuzatib borgani aytilgan.

Koreya yarim orolida şu yili KXDR tomonidan oltinçi marta yadroviy sinov ötkazilişi rejalaştirilgani töğrisidagi xabarlar ortidan tang vaziyat yuzaga keldi.

Şimoliy Koreya tangligi: AQŞ bu tahdid oldida çorasizmi?

Aprel oyi boşida KXDR ballistik raketalar uçirdi. Şundan söng AQŞ Pxenyanning harakatlariga qarşi keskin çoralar körilişini ma'lum qildi. Köp ötmasdan hududga «Karl Vinson» atom avianosetsi boşçiligidagi zarbdor guruh yöllandi.

Bundan taşqari Vaşington va Seul Şimoliy Koreya tomondan zarba berilişi mumkinligini vaj qilib, Janubiy Koreyada, Seuldan 300 km uzoqlikda THAAD raketalar hujumiga qarşi mudofaa tizimini joylaştirmoqda. 9 tagaça gusenitsali mobil qurilma va 72 ta urib tuşiruvçi raketadan iborat bölgan THAAD batareyasi avvalambor Pxenyanni, qolaversa Rossiya va Xitoyni ham xavotirlantirmoqda. Bir qaraganda, raketalar unça köp emasga öxşaydi, uning ta'sir qiliş doirasi 200 km dan oşmaydi, biroq bu tizim Şimoliy Koreyaning Pentagonning Janubiy Koreyadagi obektlariga javob zarbasi samarasini kamaytirişi mumkin. THAAD tizimi şuningdek kemalarga, aviatsiyaga nişon koordinatalarini berişi mumkin va mohiyatan, global RQM tizimining bir qismi hisoblanadi. Şubhasiz, bu tizim qattiq qöriqlanadi.

Şimoliy Koreya maxsus operatsiyalarni bajaruvçi yangi qöşinlarini rasman namoyiş qildi