Namangan viloyati IIB Kun.uz’ga Namangan viloyatining şahar va tumanlarida Özbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qiliş yuzasidan çet el fuqarolari va fuqaroligi yöq şaxslar bilan ötkazilayotgan oçiq muloqot yiğilişlari yuzasidan ma'lumot berdi.
Ma'lum bölişiça, Özbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga içki işlar organlari xodimlarining xatti-harakatlaridan norozi bölib yöllangan murojaatlar tahlil qilinganda, ularning aksariyatini çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar tomonidan Özbekiston Respublikasning fuqaroligini qabul qiliş bilan boğliq muammolar böyiça qilingan murojaatlar taşkil etayotganligi aniqlandi.

Uşbu holatlarning oldini oliş maqsadida boşqarma XÇK va FRB boşliğining 2017 yil 13 aprel kuni yiğiliş ötkaziş grafigi tasdiqlanib, 14 aprel kuni Uyçi tumani markazida joylaşgan Madaniyat saroyida 152 nafar, 15 aprel kuni Uçqörğon tumani madaniyat saroyida 184 nafar, 17 aprel kuni Yangiqörğon tumani, Nanay QFYda joylaşgan aholi madaniy dam oliş maskanida 143 nafar, 18 aprel kuni Çortoq tumani, Peşqörğon QFYda joylaşgan aholi madaniy dam oliş maskanida 90 nafar hamda 19 aprel kuni Kosonsoy tumanidagi 4-sonli Musiqa maktabi binosida 254 nafar MDH davlatlari fuqarolari va fuqaroligi yöq şaxslar bilan oçiq muloqot taşkil etildi.

Oçiq muloqot davomida ularga Özbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyuldagi “Özbekiston Respublikasi Fuqaroligi töğrisida”gi Qonuni hamda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 20 noyabrdagi PF-500-sonli farmoni bilan tasdiqlangan “Özbekiston Respublikasi fuqaroligi bilan boğliq masalalarni körib çiqiş tartibi töğrisida”gi Nizom talablari tuşuntirildi. Ularni hozirda qiynayotgan muammolari, jumladan, Özbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qiliş, MDH fuqarolarining viloyat hududiga vaqtinça va doimiy ruyxatga qöyiş tartiblari, fuqaroligi bölmagan şaxslar tomonidan qöşni davlatlar bilan özaro fuqarolarni kelib-ketişlari töğrisidagi talablari va boşqa fuqarolik pasportlari bilan boğliq murojaatlari hamda muammolari eşitilib, uşbu murojaatlar va muammolari yuzasidan tuşunça va huquqiy maslahatlar berildi.
Qolgan şahar-tumanlarda grafikda belgilangan kunlarda oçiq muloqot yiğilişlari ötkazib borilişi nazoratga olindi.


















