Oxirgi vaqt yölovçilar bilan boğliq mojarolar markazida qolgan United Airlines aviakompaniyasi samolyotida noxuş holat yuz berdi. Gap şundaki, kompaniya samolyotida ulkan quyon nobud böldi. Kompaniya xodimlari bu hodisani tergov qilişni boşlaşdi, deb xabar bermoqda VVS telekanali.
Mahalliy OAV ma'lumotlariga köra, Saymon laqabli quyon Londondan Çikagoga parvozni amalga oşirayotgan samolyotning yuk bölimida manzilga kelgaç ölik holda topilgan.
Böyi 90 sm ni taşkil qilgan quyon yangi egasiga – nomi sir saqlanayotgan maşhur bir insonnikiga yetkazilişi kerak bölgan. Aviakompaniya xodimlari quyonning ölimidan afsusda ekanliklari, ularning kompaniyasi taşiyotgan jonzotlari borasida ğamxörlik qilişini aytişdi.

Ta'kidlanişiça, nobud bölgan quyon dunyodagi eng katta quyonlardan biri – Dariy laqabli ulkan quyonning bolasi bölgan.
"Saymon parvozdan uç soat avval veterinar körigidan ötgandi, u a'lo darajada edi. Qandaydir ğalati hodisa yuz bergan va men buni bilmoqçiman.. Men quyonlarni butun dunyo böylab jönataman va avval bunday hodisa yuz bermagandi", deb aytdi quyonning egasi.
AQŞ transport vazirligida ma'lum qilinişiça, 2015 yilda AQŞ aviakompaniyalari tomonidan taşiliş vaqtida 35 ta jonzot nobud bölgan, ulardan 14 tasi aynan United Airlines samolyotlarida jon bergan.













