Özbekiston MXX Farğona viloyatida noqonuniy kontrabanda faoliyati bilan şuğullanuvçi fuqaro faoliyatiga çek qöydi. 2016 yil mart oyida Özbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Çegara qöşinlari tezkor bölinmalari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida viloyatning Oltiariq tumanida istiqomat qiluvçi fuqaroning noqonuniy xatti-harakatlariga barham berildi. 

Özbekiston Milliy matbuot markazida bölib ötgan brifingda MXX Matbuot markazi katta xodimi Yulçibayeva Lolaning ma'lum qilişiça, uşbu fuqaro xonadonidan Qirğiziston hududiga olib boruvçi 120 metrlik yer osti yölagi aniqlangan. Bu uşbu uy egasiga kontrabanda faoliyati bilan erkin şuğullanişiga imkon bergan. 

Ta'kidlanişiça, Qirğiziston xavfsizlik xizmatlari bilan hamkorlikda olib borilgan sa'y-harakatlar sababli mazkur yer osti yölagi bartaraf etildi.