Hindistonning Xaryana ştatidagi Soxna şahrida qoplon ötkinçilarga hujum qildi, söng aholi uylaridan biriga kirib oldi. Bu haqda Hindustan Times xabar bermoqda.
Yirtqiç şahar köçalarida 27 aprel, payşanba kuni payqalgan. Avvaliga u devorni böyaş bilan maşğul bölgan 30 yoşli erkakka hujum qildi hamda uning yuzini tirnab taşladi. Şundan söng hayvon olti yoşli bolaga taşlangan, u faqatgina yelkasi va kökragidan kiçik jarohatlar oldi.
Keyinçalik qoplon aholi uylaridan biriga kirib ketgan. Yirtqiçni televizor körayotgan ösmir payqab qolib, oilaning boşqa a'zolarini bundan xabardor etgan. Olti kişi xonaga berkinib oldi hamda qutqaruv amaliyoti davom etgan beş soat davomida u yerdan çiqişmadi.
Qoplon kirib olgan uyni mahalliy aholi va tomoşatalab şaxslar örab oldi. Ulardan köpçiligi hayvon fonida suratga tuşişga ham urinişgan. Şu bilan birga, yirtqiç tösilgan hudud böylab çiqiş yölini qidirib yurgan.
Qoplon tinçlantiruvçi maxsus moddaga ega xavfsiz öq yordamida tutildi hamda qafasga solindi. Örmon xöjaligi vakillarining aytişiça, yirtqiçlar şaharga Aravali daryosida suvning kamligi tufayli kelişni boşlagan.
Avvalroq Hindistonning Kuruli qişloği politsiya xodimi yovvoyi qoplon qurboniga aylanmaslik uçun tomdan sakraşiga töğri kelgani haqida xabar bergandik.
















