Jahon | 10:08 / 30.04.2017
8757
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh NATO mamlakatlarini qarzni to‘lashga majbur qiladi - Tramp

AQSh prezidenti Donald Tramp shanba kuni bergan bayonotida aytishicha, mamlakat NATO a'zolarini alyans doirasidagi mudofaa xarajatlari uchun qarzlarini to‘lashga majburlaydi.

"Biz NATO mamlakatlarini o‘z majburiyatlarini bajarishga majburlaymiz", degan u Garrisberg  (Pensilvaniya shtati) shahrida tarafdorlari bilan uchrashuv vaqtida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashingtonning NATO bo‘yicha ittifoqchilari "milliardlar to‘lashni boshladi". 

Ammo u "barcha qarzlar to‘lanmaguncha, ularni tinch qo‘ymaslik"ka va'da bergan.

Tramp "keyingi 8 yil davomida AQSh o‘z harbiy xarajatlarini ikki barobar oshirgani"ni eslatib o‘tgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, NATOning boshqa mamlakatlarida bunday holat kuzatilmagan.

"Bu to‘g‘ri emas", degan amerikaliklar prezidenti.

Ma'muriyat rahbari "amerikaliklarning qurolli kuchlari qudrati"ni tiklashga va'da bergan.

Trampni qo‘llab-quvvatlovchilar mitingi uning prezidenlikka kelganiga 100 kun to‘lgani munosabati bilan o‘tkazildi. Davlat rahbarining nutqi AQShdagi davlat telekanallari orqali translyatsiya qilingan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid