Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp nutqi vaqtida u tomon Rossiya bayroqchalari uloqtirildi (video)
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z prezidentligining 100 kunligi munosabati bilan o‘tkazayotgan turnesi davomida Pensilvaniyada tarafdorlari oldida nutq so‘zlayotganda noma'lum kimsa u tomon Rossiya bayroqchalarini uloqtira boshladi. Bu haqda The Hill nashri xabar bermoqda.
Bayroqchalar Tramp o‘zining mashhur saylovoldi shiori – "Yana Amerikani buyuk qilamiz" ("Make America great agaian") iborasini aytishi bilan uloqtira boshlangan. Buni amalga oshirgan kimsa shundoq Trampning ro‘parasida joylashgani sabab bu holat ko‘plab kameralar tomondan qayd qilindi.
Shunga o‘xshash holat fevralda ham yuz bergandi. O‘shanda Tramp nutq so‘zlashi rejalashtirilgan anjumanda mehmonlarga Rossiya bayroqchalari tarqatilgan. Keyinroq ma'lum bo‘lishicha, bu aksiyani Americans Take Action harakati faollari tashkillashtirgan. Ular Trampni o‘z davlatini sotganlikda ayblab, uning zudlik bilan iste'foga ketishini talab qilishgan.
Avvalroq Tramp Oq uy huzuridagi muxbirlar uyushmasining har yillik tadbirida ishtirok etishdan voz kechib, ko‘p yillik an'anani buzgani ma'lum qilingandi. U buning o‘rniga Pensilvaniyada tarafdorlari oldida nutq so‘zlashni afzal ko‘rgan.
Mavzuga oid
10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi
07:30 / 11.08.2020
Tramp Oq uy oldidagi otishma sababli matbuot anjumandan olib chiqib ketildi
22:47 / 10.08.2020
Tramp Portlendga milliy gvardiya kuchlarini kiritishga chaqirdi
03:48 / 10.08.2020