«Xotira va qadrlaş kuni» bayrami arafasida UZINFOCOM markazi tomonidan Ikkinçi jahon uruşi faxriylari va iştirokçilari xotirasiga bağişlangan Xotira.uz sayti işga tuşirildi. Uşbu saytda uruş maydonida jang qilgan vatandoşlarimiz fotosuratlari, ularning jasoratlari töğrisidagi tarixiy ma'lumotlar hamda Xotira va qadrlaş kuni bayrami töğrisidagi yangiliklar örin olgan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ilk marotaba bugungi kunda hayot bölgan dahşatli uruş iştirokçilari va qahramonlari ismlari yagona resursda umumlaştirilgan bölib, mazkur resurs har bir uruş faxriysi, mukofot va jasoratlari töğrisidagi ma'lumotlari bilan boyitilgan.

Şu bilan birga, Ikkinçi jahon uruşi iştirokçilari töğrisida axborotga ega bölgan Internet tarmoği foydalanuvçilari saytda keltirilgan «Jasorat haqida yoziş» xizmati orqali sayt ma'muriyatiga ular töğrisidagi ma'lumotlar yoki fotosuratlarni saytga joylaştiriş uçun yuborişlari mumkin. Uşbu xizmat orqali foydalanuvçilar uruşda qatnaşgan qarindoş, mahalladoş yoki tanişlarning hikoyalari bilan bölişişlari mumkin.