Ikkinçi jahon uruşining suronli yillarida xalqimiz oçlik taşvişlarini körgani haqiqat. Bunga tarixning özi guvoh. Bir burda nonni jon qadar azizlab kelgan bobolarimiz, momolarimiz nonni umrning aziz ne'mati sifatida qadrlaşlari ham şundan. Ana şu lahzalarga guvoh bölgan uruş faxriysi, Marğilonlik 103 yoşli Imomnazar ota Qurbonov ham közda yoş bilan taqdirning oğir yillarini yodga oladi. Nabiralarini şukronalikka çorlaydi.

Öşa vaqtlarni juda ayanç bilan esga olaman. Bolalarim dada non deb köz yoş tökişganida, nima qilarimni bilmay qolganman. Boşqalardan yordam olay desam ular ham xuddi men kabi yordamga muhtoj. 1933 yillarni eslaydigan bölsam öşa vaqtlarda tongi 07 00 da çiqib qora non kelişini navbatga turib soatlab kutib ötirar edik. Keç 18 larga qadar non kutganlarimiz esimda. Bugunçi hammayoq bisyor. Men şukur aytaman – deydi Imomnazar Qurbonov.

Non isi betakror. Non ham non, uşoği ham non, deyişgandan isrofidan-uvolidan qörqqin bolam, degan hikmatni öqiymiz. Uşoğinida köziga tötiyo qilişga odatlangan xalqimiz mudhiş uruş zahrini unuta olmaydi va tinçlikka şukur qilib yaşaydi. Aslida nonning yaratilişini özi bir mö'jiza. Zamin sahovati ila birlaşgan bobodehqon mehnatidan keyin nonvoy mahorati bilan tandir tölib yopiladi non. Tandirdan çiqqan börsildoq nonlar dasturxonimiz körki. Mehmonning hurmati va izzati ham şu non bilan.

Subhidamda lovullagan tandirga boş suqib non yopayotgan insonning öz işiga muhabbati kişining zavqini keltiradi. Hademay bu xuşta'm nonlar el dasturxoniga tortiq etiladi. Manzurboy Ubaydullayev köp yillardan beri şu hunarni e'zozlab kelmoqda. U bu qutluğ an'anani davom ettirayotgan sulola vakili. Köplab şogirdlarning ustozi.

Manzurboy Ubaydullayev non yaratişning behisob jihatlari va uslublarini ustoz-şogirdlik an'analariga tayanib köplab yoşlarga örgatişni odat qilgan. Non saxovat timsoli. Ta'bir joiz bölsa, ne'matlar içida uluği hamdir.

Imomnazar ota Qurbonov bir asrdan ziyod umr köryaptiki, uruş yillarini, bir parça qora non bilan Vatan himoyasini muqaddas bilganliklarini hali hanuz unutgani yöq. Dasturxon atrofida dilbandlari davrasida uruşning aççiq haqiqatlarini sözlar ekanlar, nonga zor bölgan bolalik yillarini hamon eslaydi. Tinç va osuda hayotda yaşaş orzusi uşalganidan baxtiyor otaning tilida ham dilida ham bir tilak – uruşning nomi öçsin, dunyoni non isi tutsin.