«Qahramonlik, burç va fidoyilik» hamda «Ajdodlarni xotirlaş – muqaddas qadriyat» şiorlari ostida ötkazilayotgan uçraşuvlar kötarinki ruhda bölib ötmoqda. Ayni damda Birgina Marğilon şahrining özida 12 nafar uluğ vatan uruşi qatnaşçilari yaşab kelmoqdalar. “Yörmadoz” MFYda yaşovçi Abdusamat ota Ğulomov ham bugun özining 92 bahorini qarşi oldi. Ayni damda uruş faxriysi 4 nafar farzandning otasi va 11 nafar nabiraning baxtli bobosidir. Özbekona jasorati, matonati, vatanparvarligi bilan hurmat qozongan Abdusamat ota xoni bayram arafasida yanada fayzu tarovatga boyib ketdi. Viloyat hokimi Şuhrat Ğaniyev taşrif buyurib, Abdusamat otaga Prezidentimiz tomonidan yöllangan tabriknoma va esdalik sovğalarini topşirdi. Otaxonning közidagi quvonç esa şunday dorilamon kunlarga, qolaversa ularga körsatilayotgan e'tibor va ğamxörlikning şukronalik ifodasidir.
Marğilon şahrida istiqomat qiluvçi Imomnazar ota Qurbonov bu yil 103 yoşga tölib, keksalik gaştini surib yurgan faxriylardan. Ularning aytayotganlari avlodlar uçun ibrat maktabi. Imomnazar ota tinç hayotda baxtiyor yaşayotgan odamlarni körganidan doim xursand. Uni ham taniş bilişlari, şahar rahbarlari, yoşlar yolğiz qoldirişmaydi. Köplar uruş körgan otadan tinçlikni qadrlaş hissiyotini olişga odatlangan. Bayram sovğasi sifatida Imomnazar otaga Davlatimiz rahbarining tabriknomasi, esdalik sovğalari, kökrak nişoni topşirildi.

Şahardagi “Galatoy” MFY da yaşovçi Zokirjon ota Ğofurov esa bu yil 100 yoşni qarşi olib, özining bir asrlik yubiley töyini nişonlagandi. Xotira va qadrlaş kuni esa ota uçun yana bir töy-bayramdir. Uruş qanday kulfat ekanini hali hanuz yodidan çiqarmaydigan, tinçlik deya, Vatan uçun sodiqlik ruhiyati yuz közlaridan sezilib turgan Zokirjon ota bilan suhbat qurganlar qalbida uruşga la'natlar aytiladi. Otaning özi esa istiqlol ne'matlariga şukronalikdan ortiq baxt yöq ekanligini takror va takror aytaveradi. Mamlakatimiz Prezidentining hurmat va e'tiborlari esa ularning qalblariga şodliklar olib kiradi.

Mehr – oqibat, qadr va ehtirom Özbekistonda har doim uluğlab kelingan. Nuroniy bobolarimiz, momolarimiz bizlarga hayot maktabining bebaho ustozlaridir. Ulardan Vatanni sevişni, bir qariç tuproğini aziz va muqaddas bilib, ardoqlab yaşaşni örganamiz. Zero, inson bu yoruğ olamda özidan faqat ezgulik işlarini meros qoldirsagina ularning nomlari xotiralardan aslo öçmaydi. Qarilari doim musaffo osmonimizni tinçlik quyoşi misol nurlarga töldiraveradi.
















