Özbekiston Respublikasi Prezidentining «2017/2018 öquv yilida Özbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga öqişga qabul qiliş töğrisida»gi qarori e'lon qilindi.

Unga köra Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universitetida, Navoiy davlat konçilik institutida va Toşkent temir yöl muhandislari institutida sirtdan öqiş imkoniyati paydo böladi.

2017 yilda qöşimça şartnoma orqali talaba böliş mumkin

Hujjatda maxsus sirtqi bölim negizida işlab çiqarişdan ajralmagan holda bilim olişni ta'minlaş maqsadida Toşkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus sirtqi bölimida 100 nafar, şu jumladan, davlat grantlari böyiça 15ta va tölov-kontrakt asosida 85ta, Navoiy davlat konçilik institutida tölov-kontrakt asosida 90 nafar va Toşkent temir yöl muhandislari institutida tölov-kontrakt asosida 80 nafar bakalavrni tayyorlaş nazarda tutilgan. 

Qaror bilan Özbekiston Respublikasining ta'lim muassasalariga öqişga qabul qiliş böyiça Davlat komissiyasining yangi tarkibi tasdiqlandi va unga quyidagi huquqlar berildi: 

  • bakalavriat yönalişlari va magistratura mutaxassisliklari böyiça oliy ta'lim muassasalariga öqişga kiriş çoğida abituriyentlar töplagan ballarning reyting bahosini hisobga olgan holda oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bölimlari qabul parametrlariga özgartişlar kiritiş; 
  • yangi yönalişlar va mutaxassisliklarni kiritiş uçun bakalavriat va magistraturaning qabul kvotalariga özgartişlar kiritiş; 
  • iqtisodiyot tarmoqlari, jumladan, respublikaning olis va boriş qiyin bölgan hududlari uçun mutaxassislarga bölgan örinli ehtiyojlarni qondiriş maqsadida oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat va magistraturasiga tegişli tarmoqlar va hududlar böyiça maqsadli qabul körsatkiçlarini belgilaş. 

Şuningdek, 2017/2018 öquv yilidan boşlab oliy ta'lim muassasalariga tölov-kontrakt pulining oşirilgan stavkasi böyiça qöşimça qabulni amalga oşiriş joriy etilmoqda. Bunda: 

  • oliy ta'lim muassasalariga tölov-kontrakt pulining oşirilgan stavkasi böyiça qöşimça qabulni amalga oşiriş uçun kvota miqdori ta'lim muassasasining mavjud imkoniyatlari va ta'lim yönalişlaridan kelib çiqib Davlat komissiyasi tomonidan belgilanişi; 
  • qöşimça qabul böyiça tölov-kontrakt pulining oşirilgan stavkasi abituriyentlar töplagan ballarga qarab Davlat komissiyasi tomonidan differentsiyalaşgan tartibda belgilanişi;