Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari va faxriylariga bölgan munosabat Özbekiston mustaqillikka erişgaç Birinçi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan keskin özgardi. Albatta, ijobiy tomonga. Har yili “Xotira va qadrlaş kuni” munosabati bilan ular uçun yangi qarorlar, farmonlar imzolandi, imkoniyatlar taqdim etildi. Aytiş mumkinki, bu xayrli işlar Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan ham davom ettirilmoqda.

Ammo tahririyatimizga kelib tuşgan murojaatlardan biri bir tomondan juda qayğuli va juda hayratlanarli. Unda tilga olinişiça, Qaşqadaryo viloyatining Çiroqçi tumanidan bölgan fuqaro 1941 yilda uruşga ketadi. Uruş tugagaç, yana armiya xizmatida böladi. Bu orada uning oila a'zolariga uning bedarak ketgani haqida maktub kelib tuşadi. Vaqt hamma narsaga davo. Bora-bora qarindoşlar bu şum xabarga könikib qolişadi. Kunlardan bir kun u uyga qaytib keladi va şundan buyon to bugunga qadar uning ismi barça yerda – Toşkent va Qarşidagi Xotira maydonlaridagi kitoblarda ham, hokimiyat va boşqa taşkilotlar röyxatida ham “bedarak yöqolgan”ligiça qolib ketdi. Quyida boboning nabirasi tomonidan tahririyatimizga yöllangan maktubni havola etamiz.

“Qaşqadaryo viloyatining Çiroqçi tumanidagi “Beşçaşma” MPT, Mirzatöp qişloğida yaşovçi Xidir buva Eşaliyev 1926 yil tuğilgan. 1944 yil harbiy xizmatga çaqirilgan. Öşa yilning 12 aprelidan sobiq ittifoq armiyasining 125-zenit polki tarkibida 1945 yilning 9 mayiga qadar nemis-faşistlariga qarşi kuraşgan. Ğalaba qölga kiritilgandan söng 1949 yilning 4 dekabrigaça Qizil bayroqli Boltiq floti tarkibidagi 90648-sonli harbiy qismda öqçi vazifasida xizmat qilgan. 

Lekin öşa davrning talotöplarida nimadir bölib, bedarak yöqolganlar röyxatiga kirib qolgan. 1949 yil harbiy xizmatdan qaytib kelib, Çiroqçi tumani harbiy bölimidan röyxatdan ötgan bölsa-da, bedarak yöqolganlar röyxatida turavergan. Qarşidagi va Toşkentdagi Xotira maydonida hamda Qaşqadaryo xotira kitobida ham bedaraklar röyxatida turibdi... 

Uni bayramlarda, tantanalarda heç kim yöqlamaydi. Çunki 1944 yil bedarak ketgan degan xat kelgan. “Kattalar”ning közining oldida 68 yildan beri yaşab-işlab yurgan bölsa ham bedarak. Çunki 44-yil şunday xat kelgan. Bobo hozir 91 yoşda. Buni qarangki, bedarak ketgan degan odam qaytib kelsa, yana 68 yil yaşasa, uylansa, bolali-çaqali, nevara-çevarali bölsa...kim özi u odam, deb söraydigan odam bölmasa...