“Özbekiston” sport majmuasida Boks böyiça Osiyo çempionati 7 may kuniga belgilangan final bahslari kunduzgi dasturi yakunlandi. Unda 64 kg vazn toifasida muvaffaqiyatli iştirok etib kelayotgan özbekistonlik yoş iqtidorli boksçi Iqboljon Xoldorov va möğulistonlik Çinzorig Baatarsux bilan kuç sinaşdi.
Hakamlar qaroriga köra, Iqboljon Xoldorov ğalaba qozondi.
Qayd etiş kerakki, bu Andijon boks maktabi vakillari 2 soatda 3ta oltin medal keltirişi böldi.
-49 kg vazn toifasida Rio—2016 Olimpiadasi çempioni Hasanboy Dösmatov hal qiluvçi jangni möğulistonlik Gan Erdene Ganxuyangga qarşi ötkazib ğalaba qozongan, yana bir andijonlik boksçi 52 kg vazn toifasi vakili Jasur Latipov muvaffaqiyatli yurişni davom ettirdi va janubiy koreyalik raqibini taslim qilgandi.
Ma'lumot uçun, final janglarida ringga çiqqan 7 boksçining barçasi oltin medalga sazovor böldi. Oldinda özbekistonliklar uçun yana 2ta final jangi bor.
-69 kg vazn toifasida Şahram Ğiyosov qozoğistonlik Ablayxon Jusupovga qarşi ringga kötariladi (18:30), +91 kg vazn toifasida esa Bahodir Jalolov boşqa bir qozoğistonlik Kamişbek Konkabayev bilan muştlaşadi.

















