Özbekiston boks federatsiyasi Boks böyiça Jahon çempionatini ötkaziş uçun ariza topşiradigan bölsa, uning murojaati ijobiy tomondan körib çiqilişi mumkin. AIBA prezidenti Dr. Ching Kuo Wu sözlariga köra, “Özbekiston bu kabi musobaqani ötkaziş xohişini bildirsa, uning arizasi taşkilotga a'zo köpçilik davlatlar tomonidan qöllab-quvvatlanişi mumkin”. Şu bilan birga, uning qayd etişiça, Özbekiston tomoni bu kabi musobaqalarni öta yuqori darajada ötkaza olişini 29-Osiyo çempionati davomida yana bir bor isbotladi.

Bugun 7 may kuni International Hotel Tashkent mehmonxonasida Boks böyiça 29-Osiyo çempionati poyoniga yetişi munosabati bilan AIBA prezidenti Dr. Ching Kuo Wu, ASBC prezidenti Serik Qönaqbayev hamda Özbekiston boks federatsiyasi vakili Malik Babayev iştirokida matbuot anjumani ötkazildi.
AIBA prezidenti Dr. Ching Kuo Wu mazkur musobaqaning yuqori saviyada ötkazilgani bilan Özbekiston boks federatsiyasiga va barça mas'ullarga minnatdorçilik bildirar ekan, özbek boksçilari körsatayotgan yuqori natijadan faqat xursand bölişini ta'kidladi. U bugungi final janglarini ötkazadigan barça sportçilarga omad tilab, JÇ yöllanmasini qölga kiritgan boksçilarga omad tiladi.

ASBC prezidenti Serik Qönaqbayev ham Osiyo miqyosidagi çempionat ajoyib ötkazilganini ta'kidladi. U JÇ yöllanmasini qölga kiritgan barça boksçilarga Germaniyaning Hamburg şahrida bölib ötajak jahon birinçiligida qit'a şarafini munosib himoya qilişlariga tilak bildirdi.

















