10 yoşli qizça AQŞning Orlando şahridagi Moss boğida joylaşgan kölda çömilayotganda unga alligator hamla qilib qoldi, deb xabar bermoqda ABC telekanali.

Ştatning flora va yovvoyi tabiat komissiyasi ma'lumotlariga köra, qizça bu köl uçun ruxsat berilgan 1,5 metrdan sal köproq çuqurlikda va sohildan 3 metr uzoqlikda çömilayotganda uning yoniga 1,5 metrlik timsoh pisib kelib, oyoğidan uşlab olgan.   

Biroq jasur qizça özini yöqotib qöymay, epçillik va kuç mö'jizasi körsatib, timsoh çangalidan qutula oldi. U timsohning jağini oçib, xavfsiz masofaga qoça olgan.

Uşbu voqeadan keyin boğ xodimlari timsohni uşlab, uni uxlatiş orqali bartaraf etişgan. Oyoğining son sohasidan jarohat olgan qizça şifoxonaga yetkazilgan va tegişli yordamni olgaç, tez orada uyiga qöyib yuborilgan.