9 may – Xotira va qadrlaş kuni arafasida samarqandlik tadbirkor Umar Rajabov Pastdarğom tumanining Juma şahridan bölgan Ikkinçi jahon uruşining ikki faxriysiga yangi xonadonlar kalitini topşirdi. Bu haqda jurnalist Toşpölat Rahmatullayev xabar bergan.

Uruş va mehnat faxriylari - 95 yoşli Şakkoz Hasanov va 96 yoşli Islom Ne'matovga kalitlar Pastdarğom tumani hokimiyati tomonidan taşkil etilgan bayram tadbirida topşirildi. Tuman hokimi Sobirjon Ergaşevning ta'kidlaşiça, mamlakatda faşizm bilan uruş yillari va uruşdan keyingi davrlarda oğir sinovdan ötgan ota va bobolarimizga katta e'tibor qaratilmoqda.

«Barçaga ma'lumki, davlat uruş va mehnat faxriylarini har tomonlama qöllab-quvvatlaydi va ularga yordam körsatadi. Şunisi quvonarliki, tadbirkorlarimiz ham çetda turişayotgani yöq. Bugun ikki nafar faxriyga yangi xonadonlar kaliti topşirildi, uylar tuman markazida yangi qurilgan binodadir. Biz bunday ezgu iş uçun “Umar” quriliş korporatsiyasiga çuqur minnatdorçilik bildiramiz», - degan hokim.

Foto: Nuz.uz

Umar Rajaboyevning özi esa şunday dedi: “Tinç osmon uçun siz kabi qahramonlarga qarzdormiz. Sizlar nafaqat Ikkinçi jahon uruşi frontlarida mardonavor kuraş olib bordingiz, balki uruşdan keyingi oğir yillarda ham barça maşaqqatlarni öz yelkangizga oldingiz”.

Ta'kidlab ötiş joizki, «Umar» korporatsiyasi Pastdarğom tumani markazida bir neça köpqavatli uylar qurmoqda. Faxriylar uçun ikki xonali kvartiralar uşbu uylardan birida joylaşgan, quriliş işlari noyabrda yakuniga yetadi.