Boku şahrida juma kuni IV «Islom birdamlik öyinlari»ning rasmiy oçiliş marosimi bölib ötadi. Musobaqada 54 ta davlatdan uç mingdan ziyod sportçilar iştirok etişi kutilmoqda. 

Öyinlarni Ozarboyjon poytaxtida ötkaziş haqidagi qaror 2013 yilning iyulida Saudiya Arabistonining Jidda şahrida Islom birdamligi sport federatsiyasi hisobot-tanlov Boş assambleyasida qabul qilindi. Öyinlarning yopiliş marosimi 22 may kuni ötkaziladi.

Öyinlar taşkiliy qömitasi raisi, Ozarboyjon birinçi vitse-prezidenti Mehribon Aliyevaning ma'lum qilişiça, sportçilar sportning 23 turida 16 ta sport maydonçasida kuraş olib boradi. Rejaga köra, 1,6 ming medallar öynaladi. Öyinlar 50 davlatda translyatsiya qilinadi, musobaqani milliarddan ziyod teletomoşabin köradi.

"Al-Kass" arab sport telekanali çorşanba kuni Facebook ijtimoiy tarmoğidagi öz sahifasida Kuvayt, Liviya va Sudan öz jamoasini jönatişdan boş tortganini xabar qildi. Şu bilan birga, telekanal bundan qarorga nima sabab bölganiga oydinlik kiritmagan.

Öyinlar vaqtida xavfsizlikni ta'minlaş uçun Ozarboyjon IIV şaxsiy tarkibidan 12 ming kişi jalb etildi. Bu haqda respublika içki işlar vaziri Ramil Usubov xabar bergan. Uning aytişiça, öyinlar arafasida va bevosita uning davomida jamoat tartibini saqlaş va xavfsizlikni ta'minlaş maqsadida 2017 yilning yanvarida operativ ştab taşkil etilgan. Ozarboyjon davlat qöriqlaş Maxsus xizmati boşliği Vagif Oxunovning sözlariga köra esa, xavfsizlikni ta'minlaşda vertolyotlardan foydalaniladi, ular Boku Olimpiya stadionida Öyinlarning oçiliş marosimida havo kötariladi. Şuningdek Ozarboyjon IIVning barça idoralari 5-25 may kunlari kuçaytirilgan rejimda işlaydi, patrul-post naryadlari soni oşiriladi. Barça strategik obektlarni qöriqlaş yanada kuçaytiriladi.

Öyinlar ötkaziladigan kunlarda turistlar uçun ekskursiyalar taşkil etiladi, muzey va galereyalar iş rejimi vaqtinçalik uzaytiriladi, Boku şahrida joylaşgan teatrlardagi spektakllar matnlarini rus va ingliz tillarida tinglaş imkoni yaratiladi. Bu haqda Ozarboyjon madaniyat va turizm vaziri Abulfas Garayev ma'lum qilgan. Mamlakat yoşlar va sport vazirligi rahbari Ozod Ragimovning sözlariga köra esa, Islom birdamlik öyinlari musobaqalari uçun 500 mingdan ortiq çiptalar çiqariladi. "Oçiliş va yopiliş marosimi, şuningdek futbol öyinlarini töğridan-töğri efirda translyatsiya qiliş rejalaştirilmoqda. Boşqa musobaqalar tomoşabinlarga sport byulleteni şaklida taqdim etiladi. Öyinlarni şuningdek Olimpiya kanali orqali translyatsiya qiliş ham közda tutilgan", - deya aytib ötdi u. Vazirning ta'kidlaşiça, Öyinlarning oçiliş va yopiliş marosimini taşkillaştirişda 31 davlatdan bölgan beş mingdan ziyod xodimlar iştirok etadi. “Marosimlarda sakkiz davlatda işlab çiqarilgan sahna asbob-uskunalaridan foydalaniladi. Bu marosimlar Boku Olimpiya öyingohida bölib ötadi”, - degan vazir.