Toşkent şahridagi Parus oilaviy köngiloçar markazi imkoniyati çeklangan bolalar uçun navbatdagi xayriya tadbirini taşkil etdi. Bu haqda markaz ma'muriyati «Kun»ga xabar berdi.
Tadbir «Parus bilan mö'jizalar vaqti» deb nomlangan bölib, 10 may kuni beşinçi bor ötkazildi. Unda 70 nafarga yaqin nogiron bolakaylar va ularning ota-onalari iştirok etişdi.
Ularga markazning ikkinçi qavatidagi bolalar attraksionlari bepul xizmat körsatdi. Tuşlik, içimlik va şirinliklar esa Barbeque Burger, Soçnaya Dolina, Retsept Sçastya brendlari tomonidan taşkil etildi.

Şuningdek, Aziza Nizomova va Manhattan guruhi özlarining qöşiqlari bilan bolakaylarni raqsga çorlaşdi, Yelena Starostina va uning jamoasi sovunli köpiklar bilan bolalarni şod etişdi.
Bundan taşqari boşqa aktyor, animatorlar ham tadbirda iştirok etişdi. «Vremya çudes» xayriya taşkilotining volontyorlari tadbirni taşkil etişda yaqindan yordam berişdi.
Taşkilotçilarning sözlariga köra, iştirokçilarning köpçiligi farzandlarini şunday köngiloçar markazlarga olib borişga, aylantirişga qurbi yetadi, ammo baribir farzandlari özgaça ekanligini his qilişadi.

Şu bois, Parus jamoasi oyda bir marta imkoniyati çeklangan bolakaylarni öz maydonçalarida töplamoqda va ular ham boşqa bolalar kabi quvnaşlariga yordam berişmoqda.
Keyingi «Parus bilan mö'jizalar vaqti» esa iyun oyining ilk 10 kunligida bölib ötadi. Markaz barça xohlovçilarni taklif etadi.
















