13 may kuni Bosniya va Gertsegovinadagi Morstar shahri yaqinida sport samolyoti halokatga uchradi.

Ma'lum bo‘lishicha, samolyot bilan aloqa mahalliy vaqt bilan soat 15:53 da yo‘qolgan. Shundan keyin samolyot qulagani haqidagi xabar berilgan. Samolyot qulashi vaqtida dum qismidan tashqari barcha qismi yonib ketgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, voqea oqibatida 5 kishi: 3 bola, bir yosh yigit va parvoz instruktori halok bo‘lgan, deb xabar bermoqda Dnevni avaz nashri.