Vazirlar Mahkamasining 10.05.2017 yildagi 264-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasining mansabdor şaxslariga, davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar, şaharlar va tumanlar hokimliklari rahbarlariga nisbatan intizomiy jazo çoralarini qöllaş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Körsatib ötilgan mansabdor şaxslarga aybli xatti-harakatlarni (harakatsizlikni) sodir etganligi uçun hayfsan e'lon qilinişi yoki lavozim maoşining 50 foizi miqdorida jarima qöllanilişi yoki u bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilinişi (vazifasidan ozod etilişi) mumkin.
Mansabdor şaxsning aybli xatti-harakatlari (harakatsizligi) ijro intizomining tizimli va tanqidiy tahlili asosida, şuningdek qonunlar, Prezidentning va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topşiriqlari ijrosi yuzasidan ötkazilgan maqsadli örganişlar natijalari böyiça belgilanadi. Ular Oliy Majlisning palatalari, Prezident Devoni, şuningdek huquqni muhofaza qiliş organlari tomonidan ötkaziladigan tekşirişlar va örganişlar natijalari böyiça ham belgilanişi mumkin.
Mansabdor şaxsga nisbatan intizomiy jazo çorasini qöllaş töğrisidagi taklif:
• unga nisbatan intizomiy jazo çoralarini qöllaş töğrisida taklif kiritilgan mansabdor şaxsdan yozma tuşuntiriş talab qilinişini;
• hujjatlar loyihalarini kiritişning belgilangan muddatlarining buzilişiga olib kelgan sabablari tahlil qilinişini, şu jumladan kiritilgan hujjatlar loyihalari taqdim etilişi va kelişilişi xronologiyasi körib çiqilişini, şuningdek asossiz ravişda keçiktirişga yöl qöygan mansabdor şaxslar aniqlangan holda hujjatning loyihasini sifatsiz ekspertizadan ötkazgan organlarni aniqlaşni;
• qonun hujjatlari, Prezidentning hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topşiriqlarining öz vaqtida bajarilişi ta'minlanmaganligi, ular ijrosini taşkil etişning va nazoratning past darajasi sabablari tahlil qilinişini öz içiga oladigan xizmat tekşiruvi natijalari asosida kiritiladi.
Intizomiy çoralar ijrosi uçun mazkur holatda tegişli organning kadrlar xizmati xodimlari javob beradi, jarima, rağbatlantiriş böyiça tölovlarning töxtatilişi yoki ularning miqdori pasaytirilişi tarzidagi intizomiy jazolar ijrosi uçun esa — moliya xizmati (boş buxgalter) javob beradi.

















