Joriy yilning 18 may kuni «Özbekiston havo yöllari» MAK Boeing 787 Dreamliner’da Toşkent-Riga-Nyu-York-Toşkent yönalişi böyiça ilk parvozni amalga oşiradi. Bu haqda Kun.uz’ga MAK axborot xizmati xabar berdi.
Toşkent-Riga-Nyu-York-Toşkent yönalişida uşbu turdagi samolyotdan foydalaniş MAK yölovçilariga Riga şahriga 20-30 daqiqada juda qulay şaroitda yetib boriş imkonini beradi. Nyu-Yorkka bölgan masofa esa bir soatga qisqaradi. 246 örindiqqa ega bölgan (24 biznes va 222 – iqtisod sinf) Boeing 787 Dreamliner samolyotlari saloni dizayniga bölgan yangiça yondaşuv uzoq parvozga şaylangan yölovçilarga maksimal qulaylik yaratib beradi.
Uşbu yönaliş böyiça birinçi reysda MAKning 4 ekipaji işlaydi.
Eslatib ötamiz, «Özbekiston havo yöllari» Boeing 787 Dreamliner’dan tijoriy maqsadda foydalanişni ötgan yilning sentabridan boşladi. Bugungi kunda «orzular laynerlarida» Dubay, Istanbul, Tel-Aviv, Frankfurt, Moskva, Kuala-Lumpur va Singapurga parvoz qiliş mumkin.

















