Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"O‘zbekneftgaz" ilk marotaba dengizdan neft qazib olishni yo‘lga qo‘ymoqchi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga tashrifi davomida hamkorlar bilan muhim bir bitimga imzo chekildi. Bu haqida "O‘zbekneftgaz" MXK boshqaruvi raisi Alisher Sultonov ma'lum qildi.
"Ushbu bitimni juda ham noyob desak bo‘ladi, chunki birinchidan, "O‘zbekneftgaz" hech qachon geologiya-qidiruv ishlarini boshqa davlatlar hududida hali olib borganicha yo‘q.
Ikkinchidan, biz Kaspiy dengizi shelfidamiz - dengizda ishlash bo‘yicha bizda tajriba yo‘q, lekin qachondir boshlash kerak edi. Bu degani - bizning hududlarda qazish ishlarini olib boradigan korxonalarimiz o‘zining texnologik qudrati va kadrlar tayyorlashni yuqori darajaga ko‘tarishi shart bo‘ladi.
Uchinchidan, bu yerda qazib olingan neftning bir qismi O‘zbekistonga ketadi.
"O‘zbekneftgaz" O‘zbekistondan tashqariga, dengizga chiqmoqda. Hozirga qadar bunday bo‘lmagan. O‘zimizning zavodlarni arzon xom-ashyo bilan ta'minlash va imkon qadar neft mahsulotlarining tannarxini hamyonbop qilish maqsad qilinmoqda. Imzo chekilgan kelishuv aynan shu maqsadlar uchun xizmat qiladi", - dedi A.Sultonov.
Mavzuga oid
08:53 / 23.03.2026
Toshkent va Ashxobod o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik kuchaytiriladi
16:34 / 20.03.2026
O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari bir-birlarini tabrikladilar
08:17 / 20.03.2026
Neft gigantlari: dunyodagi eng yirik xom neft qazib oluvchilar
13:52 / 13.03.2026