MDHga a'zo davlatlar çegara qöşinlari qömondonlari hamdöstlik mamlakatlari xavfsizligiga tahdidlar borasida söz yuritişdi. Qozoğiston milliy xavfsizlik qömitasi çegara xizmati matbuot markazi şu haqda xabar qilmoqda. 

22 may kuni Olma-Otada MDHga a'zo davlatlar çegara qöşinlari qömondonlari kengaşining 77-majlisi bölib ötdi. Yiğiliş qatnaşçilari Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlarining taşqi çegaralarida xavfsizlikni ta'minlaş masalalarini muhokama qilişdi. 

"Kengaş iştirokçilari taşqi çegaralarda vujudga kelayotgan vaziyat MDHning ayrim davlatlari çegara xavfsizligiga tahdidlardan va murakkab harbiy-siyosiy vaziyatdan darak beradi, degan yakdil fikrni bildirişdi. Ta'kidlandiki, Afğoniston Islom respublikasidagi jangovar harakatlar şimoli-şarqiy viloyatlar hududlariga qadar kengayişi bilan eng keskin vaziyat Afğonistonda saqlanib qolmoqda", — deyiladi xabarda. 

Kengaşning navbatdagi majlisi 2017 yilning ikkinçi yarim yilligida ötkaziladi.