Respublika içki bozorlarni qiş-bahor oylarida sifatli va arzon mahsulotlar bilan töldiriş, meva-sabzavot mahsulotlari işlab çiqarişni köpaytiriş, eksport hajmini oşiriş maqsadida 2017 yil hosili uçun ğalladan böşagan maydonlarda takroriy ekin ekiş yuzasidan “Özbekoziqovqatxolding” XK tomonidan zarur çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda
Özbekiston Respublikasi Prezidentining respublika hududlariga taşriflari davomida içki bozorlarni qiş-bahor oylarida sifatli va arzon mahsulotlar bilan töldiriş, şuningdek, meva-sabzavot mahsulotlarini işlab çiqarişni köpaytiriş, eksport hajmini oşiriş masalalariga alohida ahamiyat qaratilmoqda.
Bu borada, respublikaning issiq iqlim şaroitini hisobga olib ğalladan böşagan maydonlarda takroriy ekinlarni ekib yetiştiriş öta muhim ahamiyat kasb etadi.
Özbekistonning suğoriladigan tuproqlari şaroitida takroriy ekinlarni ekib östiriş, har bir gektar yerdan qöşimça mahsulot yetiştirişga imkoniyat yaratadi. Uşbu maqsadda 2017 yilda ğalladan böşagan 954 343 gektar maydonlarga takroriy ekin ekilişi rejalaştirilgan bölib, maydonlarning asosiy qismiga eksportbop sabzavot, poliz va kartoşka ekinlarini ekiş közda tutilgan.

Şuning bilan bir qatorda, dehqon va fermer xöjaliklarini yuqori reproduksiyali uruğlik navlari bilan ta'minlaş uçun hozirda “Özbekoziqovqatxolding” XK tomonidan zarur çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Bu borada ğalladan böşaydigan maydonlarga takroriy ekin sifatida ekiş uçun eksportbop sabzavot, poliz va dukkakli ekin turlari hamda uruğlarini yetkazib beruvçi, respublikadagi mavjud barça uruğçilik korxonalari hamda ilmiy-tadqiqot institutlari bilan yaqindan hamkorlik qilinmoqda.
Şuningdek, dehqon va fermer xöjaliklari tomonidan yetiştiriladigan mahsulotlarni eksport qilişda “Özagroeksport” AJ vositaçiligida şartnomalar tuziş imkoniyati mavjud.

















