Toşkent şahrining Çilonzor tumanida bangixona aniqlandi, deb xabar bermoqda poytaxt Içki işlar boş boşqarmasi.

Ma'lum bölişiça, 2017 yilning 22 may kuni Çilonzor tumani hududida joylaşgan xonadonda Ruslan Djyeksanbayev qonunga xilof ravişda “opiy” giyohvand moddasini tayyorlab, uni iste'mol qiliş uçun bangixona taşkil qilganligi aniqlanib, xonadondan 9 dona bir martalik tibbiyot şpritslarda joylaştirilgan umumiy oğirligi 0.62 grammga teng bölgan “opiy” giyohvand moddasi daliliy aşyo sifatida olindi. 

Djyeksanbayevga nisbatan Çilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan JKning 273-moddasi 4-qismi (giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravişda tayyorlaş, bunday vositalarni iste'mol qiliş uçun bangixonalar taşkil qiliş va saqlaş) bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanildi.