Bundesliganing YouTube’dagi rasmiy kanalida 2016/2017 yilgi mavsumdagi darvozabonlarning 10 ta eng yaxşi seyvlari tasvirlangan video e'lon qilindi.

Mavsumning eng yaxşi uçta seyvi içiga «Hamburg» golkiperi Kristian Matenianing 29-turda «Verder» bilan öyindagi (1:2), «Bavariya» darvozaboni Manuel Noyyerning Bundesliga 23-turida «Kyoln» bilan bellaşuvdagi (3:0) xatti-harakati kirdi. Mavsumning eng yaxşi seyvini esa «Kyoln» darvozaboni Timo Xorn 6-turda «Bavariya» bilan bahsda (1:1) amalga oşirdi. U Myunxen klubi hujumçisi Tomas Myullerning yaqin masofadan bergan zarbasini qaytarişga muvaffaq bölgan.