AQŞning Kaliforniya ştatidagi Moxave sahrosida dunyodagi eng katta Stratolaunch transport samolyoti ilk bor angardan olib çiqildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

«Stratolaunch samolyoti tarixda ilk bora yoqilği quyiş sinovlarini ötkaziş uçun angardan olib çiqildi. Bu samolyot qurilişining birinçi bosqiçi yakunlangani va samolyotning yer usti hamda parvoz tajribalariga ötilganini anglatadi», - deyiladi xabarda.

Dunyodagi eng katta samolyotning tölaqonli ilk parvozi 2019 yilda amalga oşiriladi.

Laynerning qanotlari uzunligi 177 metrga teng, uning özi har birining uzunligi 72 metr bölgan ikkita fyuzelyajdan iborat. Samolyotning umumiy oğirligi – 250 tonna. Stratolaunch Pegasus XL raketa taşuvçilarini parvozga olib çiqiş maqsadida havo platformasi sifatida işlab çiqilgan.