Özbekiston davlat konservatoriyasida yangi fakultet taşkil etiladi. Bu Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 31 maydagi “Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantiriş va takomillaştirişga doir çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorida belgilab qöyilgan.
2018/2019 öquv yilidan boşlab Özbekiston davlat konservatoriyasida madaniyat va san'at yönalişidagi oliy va örta maxsus ta'lim muassasalari, şuningdek, maktabdan taşqari ta'lim muassasalari uçun malakali musiqa pedagoglarini tayyorlaş, qayta tayyorlaş va malakasini oşirişga ixtisoslaştirilgan fakultet taşkil etiladi.
Eslatib ötamiz, konservatoriya 1934 yilda oçilgan Oliy musiqa maktabi negizida 1936 yilda taşkil etilgandi. Bugungi kunda Markaziy Osiyoda hududidagi uşbu soha böyiça eng yoşi katta oliy öquv yurtidir.
Konservatoriya 1939 yilga qadar Oliy musiqa bilim yurti binosini egallagan, keyinçalik balet maktabi binosiga köçib ötgan. 1990-yillarda prezident Islom Karimovning topşiriğiga köra, Botir Zokirov köçasida milliy uslubdagi yangi bino qurilişi boşlandi. Eski bino esa Hamza nomidagi musiqa kollejiga berilgandi. Keyinçalik esa bu kollej tugatildi.

















