Ma'lum bölişiça, Şukriya Rad Olimiy intervyu beriş va öz suratlari bilan bölişişni unçalik yoqtirmas ekan. Bu ança tuşunarsiz, sababi ayol uzoq vaqt davomida dunyoning eng yetakçi naşrlaridan birida jurnalist bölib işlagan.

Şukriya Kobulda tuğilgan. Otasi – Said Mir Olimxonning vafotidan söng, oddiy afğon qizi kabi hayot keçirgan. 1966 yilda Kobul universitetining jurnalistika fakultetini tamomlab, radiojurnalist kasbini egallagan, Afğoniston poytaxtidagi radiostansiyalardan birida suxandon bölib işlagan. Germaniya, Hindiston, Avstraliyadagi ayollar va bolalar dasturlarida ijodkor sifatida mehnat qilgan. 1979 yilda Germaniya, keyinçalik Pokistonga, şundan söng AQŞga köçib ötgan. 1982 yildan boşlab «Amerika ovozi» radiostansiyasida, doriy tilida efirga çiquvçi studiyada, 35 yil davomida işlagan. Ayni damda Vaşington yaqinida istiqomat qiladi.

Şukriya Raad Olimiy 2002 yilda bergan intervyusida şunday degan: «Men har doim hamkasblarimga, mikrofon oldida ötirganingda, xuddi tuqqan onang bilan gaplaşayotgandek özingni his et, deyman. Sababi tinglovçiga çuqur muhabbat va hurmat bölişi kerak. Hattoki siz jilmayganingizda ham, kişilar sizni körişi va tinglaşi mumkin».