Xayru saxovat, mehr-muruvvat oyi bölmiş Ramazoni şarifning fazilatli kunlaridan birida «Mirza Yusuf» jome' masjidi hamda mehrob.uz sayti tomonidan taşkil qilingan xayriya tadbiri ötkazildi.
“Avval xabar berganimizdek, axborot kanallarimizda e'lon qilingan xayriya aksiyasi doirasida taqdirning sinovlarini mardonavor qarşi olgan, Alloh taoloning qazoi qadarini bir hikmat deb bilib, oçiq yuz bilan kutib olgan, toğdek sabrli, matonatli yurtdoşlarimizga maxsus aravaçalar hadya qiliş taklifi ilgari surilgan edi”, deyiladi Mehrob.uz bergan axborotda.

Uşbu tadbirning dastlabki natijalari ölaroq, saxovatli, bağrikeng yurtdoşlarimiz tomonidan berilgan köplab xayr-ehsonlar ato etildi. Jamğarilgan mablağlar hisobiga 10 ta aravaça sotib olinib, egalariga yetkazib berilmoqda.

















