“Özbekiston havo yöllari” MAK Tojikiston poytaxtiga parvozlarni qisqartirdi. Endilikda, Toşkent-Duşanbe-Toşkent yönalişi böyiça parvozlar haftada bir marta – seşanba kunlari amalga oşiriladi. Aviaçiptalar narxi 140 dollar qiymatida qoldirilgan. Bu haqda Aziya Plyus agentligi xabar qilmoqda.
Avvalroq, “Özbekiston havo yöllari” aviakompaniyasi haftasiga ikki marta – seşanba va juma kunlari Duşanbega parvozlarni amalga oşirayotgan edi.
“Özbekiston havo yöllari”ning Duşanbedagi vakolatxonasining 3 iyun kuni ma'lum qilişiça, parvozlarni qisqartiriş siyosiy mazmunga ega emas, aksinça yölovçilarning kamligi bilan boğliq.
Duşanbe xalqaro aeroporti matbuot kotibi Jamila Husaynova ham parvozlar oraliği qisqarganini tasdiqlagan. Uning sözlariga köra, ularga “Özbekiston havo yöllari” MAKning rasmiy maktubi kelib tuşgan. Maktubda Toşkent-Duşanbe-Toşkent yönalişi böyiça parvozlarni qisqartiriş töğrisidagi qaror haqida hamda yölovçilar kamligi sababli parvozlar iqtisodiy jihatdan zararli bölgani ma'lum qilingan.
Jamila Husaynovaga köra, bir parvoz uçun 17tadan 30tagaça çiptalar xarid qilingan. Ayrim yölovçilar 1200 somoni (140 dollarga yaqin) bölgan çiptalarni xarid qiliş ularga qiyinçilik tuğdirgan. Toşkentdan birinçi doimiy parvoz 11 aprel kuni amalga oşirilgan edi. Sönggi 25 yil içida birinçi marta «Özbekiston havo yöllari» MAK samolyoti Duşanbe aeroportiga qöngan edi.

















