AQŞning SpaceX kompaniyasi Xalqaro koinot stansiyasi uçun möljallangan yuk ortilgan Dragon koinot kemasini belgilangan orbitaga muvaffaqiyatli olib çiqdi. Yuk kemani orbitaga olib çiqqan Falcon 9 raketa-taşuvçisi Florida ştatidagi Kanaveral burnidagi kosmodromdan mahalliy vaqt bilan 3 iyun soat 17:08da (Toşkent vaqti bilan 4 iyun soat 02:08) uçirildi.  

Kanaveral burnidagi ob-havo raketani uçiriş uçun 60 foizga qulay böldi. Ob-havo mutaxassislarida faqat bulutlilik xavotir uyğotdi. Dastlab raketa 1 iyunda uçirilişi kerak edi, biroq noqulay ob-havo şaroitlari va çaqmoqlar tufayli parvoz qoldirilgandi. 

SpaceX raketaning pastki poğonasining ajralişini, yuqori poğonasining Dragon kemasidan ajralişini, kemaning orbitaga olib çiqilişi va quyoş batareyalari panellari oçilganini tasdiqlagan. Yuk kema 5 iyun kuni XKS bilan AQŞning Şarqiy sohili vaqti böyiça soat 10:00da (Toşkent vaqti bilan 19:00da) tutaşişi kerak.

Kompaniya navbatdagi marta Yerga raketaning quyi poğonasini qaytarişga muvaffaq böldi. Quyi poğona Kanaveral burnidagi platformaga qöndirildi.  

E'tiborlisi, amerikaliklar 2014 yilda XKSga yuk yetkazişda qöllangan Dragon kemasini takroran qöllaşdi. Hawthorne kompaniyasi kemaning termohimoyalovçi qobiği va bir qator qismlarini almaştirdi. Şu bilan birga kemaning şlyuzi va kiçik tortiş kuçiga ega dvigatellarini saqlab qolişga muvaffaq bölingan. 

AQŞ kemasi XKSga 3 tonna yuk: oziq-ovqat, 250 dan köproq ilmiy tajribalarni ötkaziş uçun möljallangan materiallarni olib ketmoqda.