2017 yilning 3 iyun kuni taxminan soat 23:00 larda, Toşkent şahar IIBB xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbir davomida Çilonzor tumani hududida joylaşgan savdo dökoni yertölasida Zokirjon Ğofiroviç Ğoipov «marixuana» giyohvand moddasini iste'mol qilişi uçun bangixona taşkil qilganligi aniqlangan. Bu haqda poytaxt Içki işlar boş boşqarmasi xabar berdi.
Yertölani közdan keçiriş davomida 1,06 gramm «marixuana» giyohvand moddasi, şpritslar va giyohvandlik moddasini iste'mol qiliş uçun asbob-uskunalar olingan.
Mazkur holat yuzasidan Çilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan JKning 273-moddasi 4-qismi (giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravişda tayyorlaş, bunday vositalarni iste'mol qiliş uçun bangixonalar taşkil qiliş va saqlaş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Ğoipovga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boşqa jinoyatlarga aloqadorligi tekşirilmoqda.

















