Özbekiston Afğoniston hududida qator infratuzilmaviy loyihalarni amalga oşirişni rejalaştirmoqda. Ular orasida temir va avtomobil yöllari, şuningdek, yuqori voltli elektr ötkaziş liniyalarini quriş bor. Bu Qonunçilik aktlarini muhokama qiliş portaliga muhokama uçun qöyilgan - yuk taşiş uçun taşqi savdo yönalişlari diversifikatsiyasi va ularni xalqaro infrastrukturaga integratsiya qiliş böyiça kompleks dasturida nazarda tutilgan.

Taklif etilayotgan çoralar doirasida Afğoniston hududida qator loyihalarni amalga oşiriş nazarda tutilgan: mamlakat şimoli-ğarbida iqtisodiy yölak yaratiş, temir va avtomobil yöllari, şuningdek, “Mozori Şarif–Şibirğon–Maymana–Hirot” yönalişi böyiça yuqori voltli elektr uzatiş liniyasini ötkaziş rejalaştirilgan. 

Milliy eksportçilarni qöllab-quvvatlaş, ular mahsulotining xorijiy bozorlarda raqobatbardoşligini oşiriş uçun asosiy eksport yuklarini (paxta tolasi, mineral öğitlar, quriliş materiallari va boşqalar) temir yöl transporti orqali turli yönalişlar böyiça olib ötişda tarif preferensiyalarini oliş masalasi işlab çiqilmoqda.

Hujjatda “Özbekiston–Qirğiziston–Xitoy” temir yöli qurilişi loyihasi ham bor. Uni taşkil etiş uçun uç tomonlama işçi guruhining yiğilişini ötkaziş kutilmoqda.