135 yildirki uşbu xiyobon Çorsu qadimiy bozoridan Toşkentning geografik markazi va timsoli maqomini olib qöydi. Yangi rusça şaharning markaziy maydoni sifatida öylangan xiyobon öz içida şaharning voqea-hodisalarga töla bölgan eng yangi tarixini qamrab oldi, deb yozmoqda Kommersant.uz.
Tasavvur qiling – xiyobon özining unça uzoq ötmişga ega bölmagan tarixi davomida oltita nomni özgartirdi, ikki bora piyodalar ötiş yölagiga aylandi, uning markazida esa önlab turli haykallar bir birini özgartirdi.
Xiyobon 1882 yilda Konstantin maydonida, Moskva va Kaufman şoh köçalari kesişmasida M. G. Çernyayev taşabbusi va arxitektor N. F. Ulyanov loyihasi böyiça qurildi hamda Konstantin nomini oldi. Avvaliga u qatnov hududining bir qismi bölgan. Xiyobonni erkaklar va ayollar gimnaziyasi, davlat banki va öquvçilik seminariyasi örab turgan.
Bu yerda 1882 yilda öz ölimidan söng birinçi Turkiston general-gubernatori Konstantin Petroviç fon Kaufman dafn etilgan.


1901 yilda Toşkentda “Turkiston körgazmasi” bölib ötdi, uning uçun şarqona uslubda bir neça pavilonlar qurildi. Ulardan biri, arxitektor A. L. Benua muallifligidagisi sovetlar davrida gul dökoniga aylantirildi va xiyobon markazida 1990-yillarga qadar turdi.
1913 yilda xiyobon markazida «Konstantin Petroviç fon Kaufman va Örta Osiyoni zabt etgan qöşinlarga» bağişlangan haykal oçildi, şundan söng xiyobon Kaufman nomi bilan atala boşlandi.





























