Moskvaning Simonovo tuman sudi 13 iyunga ötar keçasi rossiyalik muxolifatçi Aleksey Navalniyni Moskva markazida ruxsat berilmagan aksiyada iştirok etişga çaqiriqlari va huquq-tartibot idoralariga böysunmagani sababli 30 kunga hibsga oliş hukmini çiqardi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar berdi.   

"Aleksey Navalniy ma'muriy huquqbuzarlikni amalga oşirişda aybdor deb topiladi va sud unga 30 kunlik hibsga oliş jazosini tayinlaydi", deb hukm çiqardi sudya. 

Hibsga oliş muddati 12 iyundan boşlab hisoblanadi.

Bayonnomaga köra, Navalniy "Ommaviy tadbir taşkilotçisi tomondan yiğiliş, namoyiş, miting taşkillaştiriş yoki ötkazişning belgilangan tartibini buziş" moddasi böyiça sudlandi. Uning advokatlari odamlar namoyişga aynan Navalniy çaqiriği bilan çiqqanlarining isboti yöqligini ta'kidlaşgan. "Sud bayonnomasida ma'muriy huquqbuzarlik amalga oşirilgan joy va vaqt hamda aynan qanday ruxsat berilmagan tadbir taşkillaştirilgani körsatilmagan", deb aytdi advokat Vadim Kobzev.

Şu tufayli advokatlar sud qarori ustidan arz qilişmoqçiligini bildirişgan.

Navalniyning özi sud yiğilişida sudyaning xolisligiga şubha bildirib, uning almaştirilişini talab qilgan. "Biz politsiya kelib, sizga iş materiallarini körsatgani, siz esa unda xatolarni töğrilab, boşqatdan yozişni aytganingizni bilamiz", deb aytgan Navalniy.

Politsiyada ma'lum qilinişiça, Navalniy internetda Moskva meriyasi bilan kelişilgan namoyiş ötkazilgan akademik Saxarov köçasidan namoyişçilarga Tver köçasiga ötiş haqidagi çaqiriqlarni joylaştirgani sababli hibsga olingan. Tver köçasida esa namoyiş ötkazişga ruxsat berilmagandi.  

Rasmiy ma'lumotlarga köra, Moskvada 12 iyunda ötgan norozilik namoyişida 1800 kişi iştirok etgan. Uning taşkilotçilari esa 15 ming kişi iştirok etişiga ariza berişgandi.