Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali Toşkent Axborot texnologiyalari universiteti bilan hamkorlikda 2017 yil abituriyentlariga onlayn tartibda hujjat topşiriş imkonini taqdim etadi. Hozirça, bu xizmat faqat uşbu universitet uçun körsatiladi, ammo kelgusida tizimga mamlakatning barça oliy öquv yurtlari qöşiladi.

Biz «Elektron hukumat» tizimini rivojlantiriş Markazi direktori Şerzod Habibullayev va Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universiteti öquv işlari böyiça birinçi prorektori Fayzulla A'zamovga murojaat qilib, uşbu xizmat imkoniyatlariga izoh berişni söradik.

- Şerzod Habibullaxöjayeviç, aytingçi, bu qanaqa xizmat va u nima uçun kerak?

Ş.H.: Onlayn tarzda hujjatlarni topşiriş – butun dunyoda normal holatdir. Bugungi kunda, bizning abituriyentlar turli yönalişlardagi xorijiy OÖYulariga yengillik bilan barça zaruriy hujjatlarni topşirişmoqda. Bizning ta'lim tizimi bu haqda boş qotirmaganda ğaroyib körinardi, albatta. Bu xizmat turini körsatiş vaqti allaqaçon kelgandi, biz mexanizmni işlab çiqdik va ötgan yili birinçi marta sinovdan ötkazdik. Qator kamçiliklarni körgaç, işga tuşirmadik hamda maqsadli auditoriya fidbeklarini batafsil örganiş va texnik lahzalarni tuzatişga qaror qildik.

Xizmat, aslida, juda oson – hujjatlarni skanlab, soliq inspeksiyasining istalgan bölimidan elektron raqamli imzoni olasiz, söngra my2.gov.uz saytida röyxatdan ötib, şaklni töldirasiz. Bir neça harakat bilan şaxsiy ma'lumotlarni kiritib, şaxsingizni tasdiqlaysiz va hujjatlarni yuklaysiz.

Ariza beruvçi bir kun içida özi taqdim etgan e-mail manziliga uning şaxsiy ma'lumotlari va röyxatdan ötiş raqami kiritilgan maktubni oladi.

- OÖYu va ularning masofali işlaş nuqtainazaridan kelib çiqib, haqiqatdan ham yengilliklar qamrovi ulkan, ammo bunda abituriyentlar uçun qanday ustunliklar bor?   

 Ş.H.: Ma'lumki, hujjatlarni OÖYulariga topşiriş uzoq davom etadigan jarayon. Şunday ekan, u köp vaqtni va mablağni talab qiladi: hujjatlarni töplaş, muhr, navbat saflarida turiş, asabbuzarlik.

Xöş, buning natijasi qanday böladi? Abituriyentlar imtihonlarga tayyorlaniş örniga öquv yurtlariga kelişi va kişini toliqtiradigan kutişda vaqtini ötkazişi kerak. Masalan, 086 şakldagi tibbiy ma'lumotnomani oliş va harbiy xizmatdan vaqtinça çetlaştirilganiga doir ma'lumotnoma oliş (yoki tuman mudofaa boşqarmasida hisobda turişligi haqida) uçun abituriyentlar deyarli töliq tibbiy körikdan ötişlari talab etiladi. Bu safar ham xonama-xona yuriş, navbat kutiş, asabbuzarlik va ba'zan korrupsiya holatlariga duç kelişadi.