2017 yilning 10 iyun kuni, taxminan soat 09:30 larda, Toşkent şahar IIBB xodimlari tomonidan ötkazilgan «Qoradori-2017» tadbiri davomida, Şayxontohur tumani hududida, Abror Anvaroviç Raxmatullayev uyining hovlisida qonunga xilof ravişda 1070 tup opiy köknori giyohvandlik vositasini ekib, yetiştirayotganligi aniqlangan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Şayxontohur tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni qonunga xilof ravişda ekiş va yetiştiriş) alomatlari bilan jinoyat iş qözğatilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boşqa jinoyatlarga aloqadorligi tekşirilmoqda.

















