«Boeing» korporatsiyasi «Özbekiston havo yöllari» MAKni Boeing 787 Dreamliner samolyotlaridan muvaffaqiyatli, avariyasiz foydalanganlik uçun mukofotladi.

Eslatib ötamiz, Özbekiston milliy aviakompaniyasi Boeing 787 Dreamliner  yangi avloddagi samolyotlaridan ötgan yilning sentabr oyida foydalana boşladi. Bugungi kunda «orzular laynerlarida» Dubay, Dehli, Amritsar, Istanbul, Tel-Aviv, Seul, Frankfurt, Moskva, Kuala-Lumpur va Singapurga reyslar muvaffaqiyatli amalga oşirilmoqda.

Joriy yilning 27 may kuni «Özbekiston havo yöllari» milliy aviakompaniyasi öz tarixida ilk bora Boeing 787 Dreamliner’da Toşkentdan Nyu-Yorkka birinçi qönişsiz parvozni amalga oşiradi.