Rosa bir yil muqaddam «Çinozlik Ahmadboy» nomi ostida xalq örtasida tanilgan moliyaviy piramida asosçisi Ahmadjon Tursunboyev huquq-tartibot organlari tomonidan qölga olingan edi. Bu haqda dastlab «Toşkent» telekanalida xabar berilgan edi.

Uşbu voqeadan keyingi kunlarda, 2016 yilning 29 iyuniga borib, ÖzMTRKning bir neça telekanallarida Ahmadboyning faoliyatiga bağişlangan «Ahmad vasvasasi» nomi ostida hujjatli film efirga uzatilgandi.

Körsatuvda aşyoviy dalil sifatida olingan mablağlar 13 mlrd. 139 mln. söm va 12 mln. AQŞ dollari namoyiş etilgandi.

Körsatuvda Ahmadjon Tursunboyevning özidan bir qator iqtiboslar keltirildi: «Boşi berk köçaga kirib qolib, keyin çiqib keta olmadim. Orqaga yöl yöqligini bilardim».

U odamlar orasida obro‘ orttirgani, saxovatpeşaligi evaziga odamlarning işonçini qozongani aytib ötiladi. U 4-5 yildan buyon faoliyat körsatib kelgan bölsa-da, 2015 yil oxirida faoliyatini kengaytiradi. 2016 yilning 12 yanvarida esa Çinozda «Çinoz avto hamkor» va «Çinoz halol çorva» MÇJ şaklidagi korxonalarini ta'sis etadi. U bu korxonalardan davlatga soliq tölaş orqali özining haqiqiy daromadlarini yaşirişda foydalangani aytiladi.

U öz atrofida asosan qarindoşlarini töplagandi. Uning jiyanlaridan biri avtomobillarni qabul qilib oliş va bozorda sotiş, boşqalari pul va taqinçoqlar keltiruvçilarni röyxatga oliş bilan şuğullangan. Ular şunçaki maktab yoki kollejni bitirgani, yozişni bilgani uçun işga olingan.

Ahmadboy özining sodda tizimini haşamatli qarorgohlar barpo etiş orqali xaspöşlagan. Keluvçilar darvoza oldidagi qöriqçilarni, içkaridagi pul sanovçilarni körib, özlarini bankka kelgandek his qilişgan.

Ma'lum bölişiça, öz qoramoli yoki pulini Ahmadboyga berayotgan odamlardan tuşuntiriş xati olingan. Xatda pul topşirayotgan odam, uning ota-onasi yoki turmuş örtoği «Çinoz avto hamkor» MÇJga bergan mablaği yoki avtomaşinasini 12 oy davomida oyma-oy bölib olişga bergani, uşbu maşina yoki pulni berayotgan vaqtda heç kimdan heç qanday e'tirozi yöqligini zimmasiga olişi va ilova qilib pasportining nusxasini bergani, tuşuntiriş xatini öz qöli va öz sözi bilan yozgani bayon qilinadi.