Prezident Şavkat Mirziyoyevning 2017 yil 5 maydagi «2017/2018 öquv yilida Özbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga öqişga qabul qiliş töğrisida»gi qaroriga muvofiq maxsus sirtqi bölim negizida işlab çiqarişdan ajralmagan holda bilim olişni ta'minlaş maqsadida mamlakatimizdagi qator oliy ta'lim muassasalarining maxsus sirtqi bölimlarida bakalavrlarni tayyorlaş nazarda tutilgan, deb xabar bermoqda ÖzA.

Bu jarayonda Toşkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus sirtqi bölimida 100 nafar, şu jumladan, davlat grantlari böyiça 15, tölov-kontrakt asosida 85 talabani öqişga qabul qiliş rejalaştirilgan. Xöş, universitetda qaysi yönalişlarda sirtqi bölim oçiladi? Qabul qiliş şartlari qanday? Öqiş muddati qança vaqtni taşkil qiladi? 

Bu masalalarga oydinlik kiritiş maqsadida ÖzA muxbiri Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universiteti mutasaddilariga murojaat qildi. 

– Işlab çiqarişdagi xodimlarning bilim darajasini oşiriş, yangi zamonaviy texnologiyalar bilan taniştiriş va ilmiy jihatdan yondaşişga örgatişda muayyan oliy öquv yurtlarida maxsus sirtqi bölimning oçilişi muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi universitet birinçi prorektori F.A'zamov. – Şu kungaça universitetimizda «Televizion texnologiyalar» ta'lim yönalişida maxsus sirtqi bölim mavjud edi. Unga ötgan öquv yilida 322 abituriyent hujjat topşirib, ularning 50 nafari talabalikka qabul qilingan. Endi örta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasasini tugatib, tegişli sohada faoliyat olib borayotgan mutaxassislarga ilmiy darajasini oşiriş, ya'ni oliy ma'lumotli böliş imkoni yanada kengaydi. Joriy öquv yilida universitetimizda maxsus sirtqi bölim uç ta'lim yönalişida oçiladi. «Televizion texnologiyalar», «Kompyuter injyenering» ta'lim yönalişlari böyiça 25 nafardan, «Poçta aloqasi texnologiyasi» ta'lim yönalişida 50 talaba öqişga qabul qilinişi rejalaştirilgan. 

Sirtqi bölimga hujjat topşiriş uçun abituriyent kasb-hunar kollejining mos yönalişida tahsil olgan, kamida uç yil şu sohada işlagan bölişi kerak. Abituriyentdan özi işlayotgan taşkilotdan tavsiyanoma olib keliş talab etiladi. 

Bunda hujjatlarni topşiriş tartibi kunduzgi bölim bilan deyarli öxşaş. Farqli jihati, «Poçta aloqasi texnologiyasi» ta'lim yönalişiga "Özbekiston poçtasi" aksiyadorlik jamiyati, «Televizion texnologiyalar», «Kompyuter injyenering» ta'lim yönalişlariga Özbekiston milliy teleradiokompaniyasi rahbariyatining tavsiyanomasi talab qilinadi. Kiriş imtihonlari 1 avgust kuni test tarzida bölib ötadi. 

Maxsus sirtqi bölimda öqiş muddati uç yil. Talabalar har öquv yilida ikki marta örta hisobda bir oydan tahsil oladi. Hamkor taşkilotlar bilan birga öquv rejasi işlab çiqilib, Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligiga yuboriladi. Talabalarga uşbu tasdiqlangan öquv rejasi asosida bilim beriladi. Har bir mutaxassis özining taşkilotida amaliyot ötaydi, qöşimça topşiriqlarni bajaradi.