Özbekistonning tijorat banklari ustav kapitallarida davlat uluşi 2017 yilda Özbekiston tiklaniş va taraqqiyot banki mablağlari hisobiga 500 mln dollarga ekivalent summaga oşiriladi.
Bu Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 16 iyundagi qarorida közda tutilgan. Bu qaror "tijorat banklari kapitallaşuvi darajasini qöllab-quvvatlaş, bank tizimi moliyaviy barqarorligini oşiriş va ularning investitsion loyihalar hamda tadbirkorlikni moliyalaştirişda iştirok etişini kengaytirişga" qaratilgan.
Qarorda Özbekiston tiklaniş va taraqqiyot banki uluşini şakllantiriş va oşirişga yönaltirilayotgan mablağlar Özbekiston hududlarini 2017-2018 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişning manzilli dasturlarini moliyalaş yoki birgalikda moliyalaş va tadbirkorlik sub'yektlarini moliyaviy qöllab-quvvatlaş uçun qöllanişi kerakligi belgilangan.
Markaziy bankka likvidlikning ötkir defitsiti yuzaga kelişi hollarida tijorat banklariga uç oygaça ta'minlaşsiz kreditlar taqdim qiliş közda tutilgan mexanizmni joriy qiliş vazifasi yuklangan. Bu kreditlar tölovlarni uzilişsiz ta'minlaş maqsadida banklarning likvidligini qöllab-quvvatlaş uçungina ajratilişi lozim.

















