Mumbaylik yoş advokat Afröz Şox uzoq yillar davomida Versova sohiliga taşlangan çiqindilarga qarşi "jang"ga kirişdi va ...ğolib böldi. Afröz 86 hafta içida köngillilar bilan birgalikda sohildagi 5,4 million kilogramm çiqindini tozalaşga muvaffaq böldi. Bigpicture şu haqidagi maqolasi bilan bölişdi.

2015 yilning oktabrida Afröz va uning 84 yoşli qöşnisi Xarbanş Matur şahardagi Versova sohilini körib kayfiyatlari buzildi - u çiqindilarga tölib yotardi.

Ikki erkak sohil hududini tozalaşga qaror qilişdi.
Öşandan buyon ular har haftaning dam oliş kunlari sohilni tozalaşar edi. Keyinroq ularga köngillilar guruhi kelib qöşildi. Ularning soni borgan sari ortib borib, ming kişiga yetdi.

Köngillilar 86 hafta mobaynida sohilda tozalaş işlarini olib borişdi. Ular 2,5 kilometrli sohildan 5 million kilogrammdan ziyod çiqindini yöqotişning uddasidan çiqişdi.

"Kinosanoat vakillari, politsiya, advokatlar, baliqçilar va şunçaki oddiy yölovçilar uşbu xayrli iş ostida birlaşganini köriş zavq bağişladi. Amaldorlar bizni qöllab-quvvatlaşdi va barça zarur jihozlar - ekskavator va yuk maşinalari bilan ta'minlaşdi", - dedi Şox.

Sohilni tozalaş işlari 2017 yilning may oyida nihoyasiga yetdi.
"Nihoyat, sohil toza böldi. Bizning urinişlarimiz öz samarasini berdi. Endi qirğoqqa faqat dengizdangina çiqindi çiqmoqda. Biz hukumat vakillaridan sohilning tozaligini saqlaşda yordam berişni söradik", - dedi Afröz Şox.

















