Buxoro viloyati Vobkent tumani, Qönğirot QFYda yaşovçi, 1983 yilda tuğilgan muqaddam Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi, 2-qismi bilan sudlangan aka-uka B va J. Xolboyevlar özaro jinoiy til biriktirgan holda firibgarlikni özlari uçun kasb qilib olib, bir-neça nafar fuqarolarni aldab, ularning işonçiga kirib, ularga “avtomaşina olib beraman” kabi yolğon va'dalar berib, sodda va işonuvçan fuqarolardan katta miqdordagi pullarni osongina egallab, bu pullarni öz ehtiyojlari uçun sarflab yuborganlar. Bu haqda Kun.uz’ga Buxoro IIB xabar berdi.
Jumladan, ular Ğijduvon tumani, Sarmijon QFY, Köljabbor qişloğida yaşovçi, J.Allayorov ni işonçiga kirib, fuqaro U.Yöldoşevga tegişli bölgan “Epika” rusumli avtomaşinani rasmiylaştirib berişni va'da qilgan holda, J.Allayorovga tegişli bölgan “Lasetti” rusumli avtomaşinasini firibgarlik yöli bilan qölga kiritib, jabrlanuvçiga 9.600 AQŞ dollar moddiy zarar yetkazganlar. Söngra aka-uka Xolboyevlar Vobkent tumani Möminobod MFYda yaşovçi, A.Ismoilovning işonçiga kirib, J.Allayorovga tegişli bölgan “Lasetti” rusumli avtomaşinani uning nomiga ötkazib berişni va'da qilgan holda, A.Ismoilovga tegişli bölgan “Neksiya” rusumli avtomaşinani 27.000.000 sömga hisoblab olib, bundan taşqari 4.000 AQŞ dollarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritib, jabrlanuvçiga jami 37.129.360 sömlik moddiy zarar yetkazganlar.
Şuningdek, aka-uka firibgarlar Ğijduvon tumani, Soktari MFYda yaşovçi U.Şamsiyevni aldab, işonçiga kirib, Vobkent tumanida yaşovçi, nafaqadali O.Tursunovaga tegişli bölgan “Epika” rusumli avtomaşinani uning nomiga rasmiylaştirib berişni va'da qilib, U.Şamsiyevga tegişli bahosi 11.500 AKŞ dollari bölgan «Lasetti» rusumli avtomaşinasini firibgarlik yöli bilan qölga kiritib, bu ham yetmaganday Buxoro tumani, Rabotipoyon QFYda yaşovçi J.Raziqovning ham işonçiga kirib, O.Tursunovaga tegişli bölgan “Epika” rusumli avtomaşinani uning nomiga rasmiylaştirib berişni va'da qilgan holda, undan bahosi 6.500 AQŞ dollari bölgan “Neksiya” rusumli avtomaşina va 5.000 AQŞ dollari miqdoridagi pullarga egalik qilib, jabrlanuvçiga jami 29.121.670 sömlik moddiy zarar yetkazganlar.
Ular özlarining navbatdagi rejasini tuzib Vobkent tumanida yaşovçi A.Djurayevning «Lasetti» rusumli avtomaşinasini 10.700 AQŞ dollariga sotib berişni va'da qilgan holda, avtomaşina egasiga 5000 AQŞ dollari beriş yöli bilan uni qiziqtirib, jabrlanuvçiga 5700 AQŞ dollari miqdorida moddiy zarar yetkazganliklari, şuningdek, fuqaro F.Azamatovning işonçiga kirib uning “Captiva” rusumli avtomaşinasini 16.000 AQŞ dollariga sotib berişni va'da qilib uşbu avtomaşinani firibgarlik yöli bilan qölga kiritib boşqa bir fuqaro, ya'ni, Z.Pölotovni ham aldab uning nomiga “Captiva”ni rasmiylaştirib berişni va'da qilgan holda, Z.Pölotovga tegişli «Lasetti» rusumli avtomaşinasini qölga kiritganliklari, şuningdek, Vobkent tumanida yaşovçi B.Töxtayev, Kogon tumanida yaşovçi A.Astanov va Peşko‘ tumanida yaşovçi I.Husenovlarning işonçiga kirib, ularga Xitoy davlatida işlab çiqarilgan “Çang an” rusumli yuk avtomaşinasini olib berişni va'da qilgan holda, B.Töxtayevdan 7.000 AQŞ dollari, A.Astonovdan 7.800 AQŞ dollari va I.Husenovdan 12.800 AQŞ dollari miqdoridagi pullarni firibgarlik yöli bilan qölga kiritganliklari, bundan taşqari, Namangan viloyatida yaşovçi «Namangan avtosavdo mega servis» xususiy korxonasiga qaraşli avtosalon boş hisobçisi Yu. Ortiqovni ham aldab, uşbu MÇJga tegişli bölgan “Lifan LF 5028XXY” rusumli avtomaşinani 22.277.454 sömga sotib berişni va'da qilgan holda, uşbu avtomaşinani firibgarlik yöli bilan qölga kiritganligi aniqlangan.
















