Qo‘shma Shtatlar boshchiligidagi xalqaro koalitsiya aviazarbasi natijasida Suriyaning Deyr az-Zoridagi qishloqlardan birida 40 kishi, jumladan ayollar va bolalar halok bo‘ldi.
SANA’ning manbalarga asosan xabar berishicha, «samolyotlar tinch aholi vakillari uyiga hujum qilgan». 40 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan hodisa Mayadin tumanidagi ad-Dublan qishlog‘ida ro‘y berdi.
Shuningdek, jabrlanganlar ko‘p ekani xabar qilinmoqda.
Avvalroq Suriyada AQSh boshchiligidagi koalitsiya aviazarbasi tufayli 50 dan ortiq kishi halok bo‘lgani xabar berilgandi.











