Joriy yilning 27 iyun kuni AQŞning Vebster (Webster) universiteti vitse-prezidenti Piter Maher Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universitetiga taşrif buyurdi.

Taşrif davomida taşkil etilgan uçraşuv davomida har ikki Universitetlar örtasida imzolangan Memorandum bandlarini bajariş maqsadida, Webster  universitetining xalqaro ta'lim dasturi asosida TATUda fakultet taşkil etiş böyiça muzokaralar olib borildi.

Boşlanğiç muzokaralar natijasida, “Axborot texnologiyalari (Informatika, Kiberxavfsizlik)”, “Media kommunikatsiya (Televizion texnologiyalari)” yönalişlari böyiça bakalavriat dasturini öquv jarayoniga tadbiq etiş yuzasidan kelişib olindi.

28 iyunda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligida AQŞning Webster  universiteti ta'lim işlari, xalqaro kampus va taşabbuslar böyiça vitse-prezidenti Piter Maher bilan uçraşuv bölib ötdi.

Uçraşuvda Webster  universiteti hamda Toşkent axborot texnologiyalari universitetlari örtasida AKT sohasi uçun kadrlar tayyorlaş böyiça hamkorlik muhokama qilindi. Xususan, birgalikda talabalar uçun ta'limiy va talaba almaşinuv dasturlarini, şuningdek ilmiy tadqiqotlarni taşkil qilişda istiqbolli loyihalar yuzasidan fikr almaşildi.

Uçraşuvda Webster  universiteti bilan hamkorlik axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi uçun malakali kadrlar tayyorlaş, xalqaro standartlar asosida soha mutaxassislarining zamonaviy bilim va könikmalarini oşirişda muhim ahamiyat kasb etişi ta'kidlandi.