Özbekiston Markaziy banki tijorat banklari likvidligi (tölovlarga qodirlik darajasi)ni monitoring qiliş böyiça çoralarni kuçaytiradi.
Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev “Respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega bölgan oziq-ovqat mahsulotlari turlari bilan kafolatli ta'minlaşning keçiktirib bölmaydigan çoralari töğrisida”gi qarorni imzoladi.
Hujjatga köra, Özbekiston rahbari nazoratga soluvçiga tijorat banklari likvidligini doimiy monitoring qilişni ta'minlaş, xöjalik yurituvçi sub'yektlarning soliq va davlat byudjyetiga boşqa majburiy tölovlarini öz vaqtida ta'minlaş böyiça samarali çoralar körişni tavsiya qildi.
Prezident Markaziy bankka pul-kredit siyosati instrumentlarini faollaştiriş, jumladan, qisqa muddatli likvidlik va majburiy zaxira talablari stavkalarini boşqariş böyiça amaliyotlarni qöllaş vazifasini topşirdi.
Şuningdek, Markaziy bankka tijorat banklari tomonidan qonunçilikda belgilangan iqtisodiy normativlarga rioya etişini nazorat qilişni kuçaytiriş ham yuklatildi.
Nazoratga soluvçi Özbekiston banklar Assotsiatsiyasi va tijorat banklari bilan hamkorlikda zamonaviy tölov texnologiyalarini yanada tatbiq etiş va bank plastik kartalaridan foydalanişni ommalaştiriş böyiça qöşma çora-tadbirlar kompleksini işlab çiqadi.
Prezident Davlat soliq qömitasiga tijorat banklari bilan hamkorlikda bankdan taşqari pul mablağlari aylanişini qisqartirişga yönaltirilgan qöşimça çora-tadbirlar majmuasini işlab çiqiş va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlaş uçun kiritiş vazifasini topşirdi.

















