«Ohangaronsement» AJ yangi PTs 400 KD 30 sementi – 30 foizgaça kompozit qöşimçalarga ega bölgan 400 markali portlandsementni işlab çiqarişni özlaştirdi.

Kompaniya matbuot xizmati ma'lumotiga köra, yangi mahsulot mintaqa iste'molçilarining umumiy qurilişga möljallangan sementlarga bölgan talabini qondiriş maqsadida özlaştirildi.

PTs 400 KD 30 yangi markadagi sementi «Ohangaronsement»  korxonasi işlab çiqaruvçi mahsulotlar assortimentini kengaytirdi, endilikda zavod 9 turdagi sementni işlab çiqariş sertifikatiga ega.

PTs 400 KD 30 portlandsementi suv ötkazişning kam darajasi, yolğon qoplaşning yöqligi, mahsulotlar yuzasida turli kamçiliklar paydo böliş ehtimolining kamligi bilan ajralib turadi. Şuningdek, u qattiq sovuqqa bardoşli.

Tsement beton va quriliş qorişmalarini monolit konstruksiyalar, binolar hamda inşootlarni qurişda qöllaşga möljallangan.